Temir-beton
buyumlar zavodi
Panjara panellari, kabel kanallari, quduq halqalari, stoykalar, bordyurlar, lotoklar va qavat plitalari — standart o'lchamda omborda, nostandarti chizmangiz bo'yicha.
Ishlab chiqaradigan buyumlarimiz
Har bir buyum o'z karyerimizdan olingan inert materiallar va laboratoriyada tekshirilgan betondan tayyorlanadi.
Markani tanlang
M50 dan M800 gacha barcha markalar, har biri sulfatga chidamli (SR) variantda ham quyiladi.
Qo'llanilishi
Xom ashyodan tayyor buyumgacha — bir zanjirda
“Qarshi Beton Klaster” MChJ — Qashqadaryo viloyatidagi yetakchi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilaridan biri.
Formalash sexi, beton tuguni va laboratoriya bir maydonda joylashgan. Shu sababli buyum o'lchami, armatura karkasi va beton markasi loyihangizga moslab tanlanadi.
Buyurtma qanday rasmiylashtiriladi
So'rov
Buyum turi, soni va obyekt manzilini yuboring.
Hisob-kitob
24 soat ichida narx va tayyorlash muddatini beramiz.
Ishlab chiqarish
Shartnoma asosida partiya quyiladi va laboratoriyada tekshiriladi.
Yetkazib berish
Kran-manipulyator va mikser bilan obyektga yetkaziladi.